Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston klubi Afg‘oniston jamoasini mag‘lub etdi

O‘zbekiston klubi Afg‘oniston jamoasini mag‘lub etdi

Termiz shahridagi «Alpomish» o‘yingohida O‘zbekiston hamda Afg‘oniston davlatlarining futol klublari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi.

Bahsda Afg‘onistonning «Istiqlol» futbol klubi Surxondaryo viloyatining «Qiziriq» futbol jamoasi bilan ro‘baro‘ keldi. Bahsning dastlabki daqiqalaridan qizil libosda harakat qilgan mehmonlar tezkor hujumlar uyushtirib, mezbon jamoa vakillarini shoshiltirib qo‘ydilar. Biroq «Qiziriq» futbol klubi o‘yinchilari qarshi hujumda ko‘proq tezkor kombinatsiyalarni ishlatib mehmonlar darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Mazkur urunishlar o‘z samarasini berib, uchrashuvning birinchi bo‘limida «Qiziriq» futbol klubi vakillari mehmonlar darvozasiga ikkita to‘p kiritishga muvoffaq bo‘lishdi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida hisob o‘zgarmadi. «Qiziriq» futbol klubi jamoasi Afg‘onistonning «Istiqlol» jamoasi ustidan 2- hisobida g‘alaba qozondi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring