Qariyb 4 tonna benzinni ulgurji sotib yuborgan firmaga nisbatan chora ko‘rildi
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida ta’minotchi omboridan olib kelingan 3,8 tonna Ai-80 markali avtobenzin belgilangan – «O.O. » MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasiga olib borilmasdan, ulgurji sotib yuborilganligi aniqlandi.
«O‘zenergoinspeksiya» tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida, shuningdek, bu kabi holat Farg‘ona viloyatidagi «M.P.O. » MChJga qarashli AYoQShda ham kuzatilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYoQShlarning birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter