Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston terma jamoasi peshqadam bo‘ldi (foto)

O‘zbekiston terma jamoasi peshqadam bo‘ldi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Poytaxtimizdagi «Universal Horses Stable» majmuasida ot sporti bo‘yicha «CS01*-W LONGINES FEI JUMPING NATIONS CUP EURASIAN LEAGUE» jamoaviy musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Turnirda Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiya vakillari ikki davradan iborat konkur yo‘nalishida bahslashdi. Jamoaviy bahsda sportchilarimiz A’zam Toliboyev, Oqil Sobirjonov hamda yosh va umidli chavandozlar – Abdurahmon Abdullayev, Dilshod Shokirov kabi tajribali sportchilar ishtirok etishdi.

Birinchi turdan so‘ng musobaqa mezboni O‘zbekiston terma jamoasi peshqadamlikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Qozog‘iston va Qirg‘iziston jamoalari bo‘lishdi, biroq ikkinchi bosqichda qozog‘istonliklar qirg‘izistonlik raqiblarini ortda qoldirdi. Chavandozlarimiz esa peshqadamlikni saqlab qolishdi.

G‘olib sportchilarimiz sharafiga davlatimiz madhiyasi yangrab, bayrog‘imiz baland ko‘tarildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring