Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Kanadaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

O‘zbekiston Kanadaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

Dzyudochilarimiz bugun aralash jamoaviy dasturda o‘z ishtiroklarini boshlashdi. Qur’aga ko‘ra, hamyurtlarimiz 1/8 finalda Kanadaga qarshi bahs olib borishdi.

Unda dastlabki to‘rt bellashuvning hammasida g‘alaba qozongan (4-0) kurashchilarimiz chorak finalga yo‘l olishdi.

G‘olib bo‘lgan dzyudochilarimiz:

-57 kg: Shukurjon Aminova Krista Deguchini mag‘lub etdi.

-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev Artur Marjelidonga imkon qoldirmadi.

-70 kg: Gulnoza Matniyazova Katerin Boshnen-Pinar ustidan g‘alaba qozondi.

-90 kg: Davlat Bobonov Fransua Gote-Draponi mag‘lub etdi.

Shu tarzda +70 kgda Irisxon Qurbonboyeva va +90 kgda Alisher Yusupovlarning bahs o‘tkazishiga hojat qolmadi.

Dzyudochilarimizning chorak finaldagi raqibi Italiya bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring