Murodjon Ahmadaliyev texnik nokaut qayd etdi
Murodjon Ahmadaliyev meksikalik bokschiga qarshi jangga ko‘tarildi.
Monte-Karloda professional boks oqshomi tashkil etildi.
Kechaning markaziy jangida ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha sobiq Jahon chempioni, hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev Meksika vakili Rikardo Espinozaga qarshi ringga ko‘tarildi.
12 raundlik jang 3-raunddayoq yakunlandi. Bokschimiz 3-raundga kelib faollikni oshirdi va raqibini 2 marotaba nokdaun holatiga solib qo‘ydi. Raqib uchinchi marotaba ringga yiqilganidan so‘ng referi jangni yakunlab, texnik nokaut qayd etdi.
Shu tariqa, Murodjon Ahmadaliyev WBA Interim kamari sohibiga aylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter