Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Murodjon Ahmadaliyev jamoasi IBF tashkilotiga shikoyat bilan chiqdi

Murodjon Ahmadaliyev jamoasi IBF tashkilotiga shikoyat bilan chiqdi

O‘zbekistonlik professional bokschi, sobiq Jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyevning advokati Pet Inglish yaponiyalik mutlaq chempion Naoya Inoue bilan bo‘layotgan munozaralarga oydinlik kiritdi.

«Biz bu reklama takliflariga, Sem Gudman Inouening navbatdagi raqibi bo‘lishiga qarshimiz. Murodjon Ahmadaliyev uzoq vaqtdan beri WBA chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar bo‘lib kelgan va buyruqqa ko‘ra, Naoyaning keyingi jangi WBA kamari uchun majburiy da’vogar bilan bo‘lishi kerak.

Biz WBA’dan majburiy himoya jangini tashkil qilishini talab qildik. Biz tahdid qilmoqchi emasmiz, lekin janob Inoue WBA’ning majburiy himoyasidan qochishga harakat qilsa, biz qonuniy choralar ko‘ramiz.

Agar janob Inoue WBA chempionlik unvonidan voz kechmoqchi bo‘lsa, biz uning Ahmadaliyevdan boshqasi bilan jang qilishiga to‘sqinlik qilmaymiz, lekin biz hozir sodir bo‘layotgan voqealarga qarshimiz. Kimdir yoki biror tashkilot janob Ahmadaliyevning huquqlarini poymol etayotganiga qarshimiz», deb yozdi Inglish.

Ahmadaliyev jamoasi bu murojaati bilan IBF tashkilotidan Naoya Inoue hamda majburiy da’vogar Sem Gudman jangiga buyruq bermaslikni so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring