Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lyuis Hemilton — «Formula-1»ning mutlaq rekordchisi!

Lyuis Hemilton — «Formula-1»ning mutlaq rekordchisi!

Foto: VK

Britaniyalik Lyuis Hemilton «Formula-1» poygalari tarixida shohsupaga 200 marta chiqib, mutlaq rekord o‘rnatdi. O‘ziga xos rekord 21-iyul sanasida Vengriya Gran-prisida qayd etildi: Hemilton (Mercedes jamoasi) musobaqa finishiga uchinchi bo‘lib yetib keldi (bronza).

Vengriyadagi shohsupa «Formula-1» poygalarining yetti karra chempioni uchun qatorasiga ikkinchi va mavsumdagi uchinchisi bo‘ldi. Hemiltonning faoliyatidagi sovrinlari soni jami 200 taga yetdi.

Hemilton «Formula-1» tarixida bunday natijaga erishgan ilk poygachi bo‘ldi. Undan keyingi natijalar afsonaviy nemislarga tegishli: Mixael Shumaxer (155 podium) va Sebastyan Fettel (122).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring