Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Formula-1». Ferstappen maosh olish bo‘yicha chempionga aylandi

«Formula-1». Ferstappen maosh olish bo‘yicha chempionga aylandi

Maks Ferstappen.

Foto: Championat.com

«Formula-1» chempioni, Red Bull jamoasi poygachisi Maks Ferstappen 2023-yil mavsumida «Formula-1»da qatnashuvchi poygachilar orasida eng ko‘p maosh oladi. Sobiq yetakchi Lyuis Hemilton bu borada uchinchi o‘rinda.

Niderlandiyalik Ferstappen, 2021 va 2022-yillar mavsumida qo‘shchempion bo‘lishiga qaramasdan, jahonning eng zo‘r poygachilaridan biri, «Formula-1»ning yetti karra chempioni britaniyalik Hemilton (Mercedes a’zosi)dan kam maosh olayotgandi.

Ammo endi o‘zgarish katta: RacingNews365 nashri insayderlariga ko‘ra, Ferstappenga yangi mavsumda 55 mln dollar to‘lanadi — bu Hemiltonning maoshidan 20 mln dollar ko‘proq.

Qolaversa, Hemiltonni «maoshlar poygasi»da Ferrari poygachisi, fransiyalik Sharl Lekler (36 mln dollar) ham ortda qoldiradi — 1 mln dollar ko‘proq ishlaydi.

Ayrim ekspertlar Hemilton Mercedes bilan 45 mln dollarlik yangi shartnoma imzolashi haqida gapirishmoqda, biroq hozircha bu shunchaki gap.

2023-yilda «Formula-1»ning eng ko‘p maosh to‘lanuvchi kuchli oltiligiga, shuningdek, angliyalik Lando Norris (McLaren, 20 mln dollar), meksikalik Serxio Peres (Red Bull, 10 mln) va ispaniyalik Karlos Sayns (Ferrari, 10 mln) kiritilgan.

«Formula-1»da eng kam pul to‘lanadigan poygachilar: yaponiyalik Yuki Sunoda (Alpha Tauri) va amerikalik Logan Sarjenta (Williams) — yiliga 1 mln dollardan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring