Jahon chempionatida tengsizmiz! Bokschilarimiz qanchadan pul ishlab olishdi?
O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda o‘tgan jahon chempionatida barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga kiritdi.
Jumladan, eng ko‘p umumiy medallar soni (9), eng ko‘p oltin medal (5), eng kuchli terma jamoa.
1. O‘zbekiston 5 oltin, 2 kumush, 2 bronza.
2. Qozog‘iston 4 oltin, 1 kumush.
3. Kuba 1 oltin, 3 kumush, 2 bronza.
4. Fransiya 1 oltin, 1 kumush, 1 bronza.
5. Rossiya 1 oltin, 0 kumush, 4 bronza.
Shu paytgacha bokschilarimiz hech bir jahon chempionatida 5 ta oltin va umumiy hisobda 9 ta medalni qo‘lga kiritishmagan.
Oltin medal:
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-57 kg: Abdumalik Xalokov
-63.5 kg: Ruslan Abdullayev
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
+92 kg: Bahodir Jalolov
Kumush medal:
-54 kg: Oybek Jo‘rayev
-71 kg: Saidjamshid Jafarov
Bronza medal:
-75 kg: A’loxon Abdullayev
-92 kg: Lazizbek Mullajonov
Eslatib o‘tamiz, ushbu jahon chempionatida oltin medal sohiblariga 200 ming AQSh dollari, kumushga - 100 ming, bronza uchun 50 ming AQSh dollari berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter