Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun oltin medal qo‘lga kiritilmaydi

Bugun oltin medal qo‘lga kiritilmaydi

Lekin bronza uchun imkon bor.

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Alisher Yusupov bronza medali uchun kurashni davom ettiradi.

Tojikistonlik Temur Rahimov bilan chorak finalda bellashgan hamyurtimiz imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

E’tiborlichi, Alisher Yusupov o‘tish bosqichidan erkin o‘tadigan bo‘ldi. Chorak finalda mag‘lubiyatga uchragan gruziyalik Guram Tushishvili diskvalifikatsiya qilingani bois hamyurtimiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Medal uchun bahsda Yusupovga yaponiyalik Tatsuru Saito va janubiy koreyalik Kim Min Jong o‘rtasidagi bahsda mag‘lubiyatga uchragan sportchi raqiblik qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring