Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birinchi Olimpiya kibersport o‘yinlari 2027-yilda o‘tkaziladi

Birinchi Olimpiya kibersport o‘yinlari 2027-yilda o‘tkaziladi

Foto: Unsplash

Ilk Olimpiya kibersport o‘yinlari 2027-yilda Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyodda o‘tkaziladi. Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rasmiy saytida xabar berildi.

Olimpiya kibersport o‘yinlarini tashkil etish haqida qaror o‘tgan yil iyulida qabul qilingan edi. Tashkilotchilar — XOQ va Kibersport bo‘yicha jahon kubogi jamg‘armasi (EWCF).

«Saudiya Arabistoni butun dunyodan mehmonlarni kutib olishni va ko‘plab kibersportchilarning orzusi ro‘yobga chiqishini intiqlik bilan kutmoqda», — dedi shahzoda Abdulaziz bin Turkiy al-Faysal. Uning ta’kidlashicha, Saudiyada geyming ommalashib boryapti.

Saudiya Arabistoni XOQ bilan hamkorlikda 100 ga yaqin turnir o‘tkazgan, ular orasida kibersport ham bor. Mamlakat hukumati Saudiya Arabistonini 2030-yilda jahon o‘yinlar sanoati markaziga aylantirishni rejalashtirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring