Saudiya Putin va Tramp uchrashuvi bo‘yicha munosabat bildirdi
![Saudiya Putin va Tramp uchrashuvi bo‘yicha munosabat bildirdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/9/920__95_2970141115.jpg)
Rasmiy Ar-Riyod Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Amerika yetakchisi Donald Tramp o‘rtasidagi muzokaralar uchun maydonga aylanishga tayyor, deya ma’lum qildi Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi.
«Qirollik sammitni Saudiya Arabistonida o‘tkazishga tayyor ekanini mamnuniyat bilan izhor etadi», — deyiladi TIV matbuot xabarida.
Unda qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni «Rossiya va Ukraina o‘rtasida uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun sa’y-harakatlarni» davom ettirmoqda.
Avvalroq Tramp AQSh, Rossiya va Ukraina vakillari Ukraina mojarosini muhokama qilish uchun juma kuni Germaniyada uchrashishini, kelasi hafta Saudiya Arabistonida uchrashishini aytgandi.
Rossiya davlati rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov, o‘z navbatida, Rossiya Federatsiyasi va AQSh prezidentlari uchrashuvi o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan joy sifatida Ar-Riyod tilga olinganini ma’lum qildi.
«Ar-Riyod har ikki davlat uchun ham mos. Darhaqiqat, Ar-Riyod shahri tilga olindi. Lekin hozircha bu masala bo‘yicha na ishchi darajada, na eng yuqori darajada qarorlar qabul qilinmadi va qayd etilmadi. Biz uchrashuvning aniq joyi Ar-Riyodmi yoki boshqa poytaxt bo‘ladimi, bilmaymiz», - dedi Peskov Rossiyaning Birinchi kanalga bergan intervyusida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter