Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevning debyuti omadli chiqdi

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevning debyuti omadli chiqdi

Boks bo‘yicha jahon chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ham Olimpiya o‘yinlaridagi debyut jangini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Misrlik Omar Elavadiga qarshi ringga ko‘tarilgan yurtdoshimiz o‘zining kuchli va aniq zarbalari qarshisida raqibini ojiz qoldirdi.

Endi u 3 avgust kuni Makan Traore (Fransiya) va Nikolai Terteryan (Norvegiya) juftligi g‘olibi bilan yarim final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.

Avvalroq kamonchimiz Ziyodaxon Abdusattorova musobaqani tark etgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring