Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Asad Toshtemirov va Yorqinbek Odilov Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘ldi

Asad Toshtemirov va Yorqinbek Odilov Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘ldi

O‘zbekiston paralimpiya o‘yinlarida yana ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi. Asad Toshtemirov - Paralimpiya o‘yinlari chempioni!

Para taekvondo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Asad Toshtemirov ishtirokidagi final janggi yakunlandi. Vakilimiz hal qiluvchi bahsda meksikalik Luis Mario Najeraga qarshi dayanga chiqdi va 38:17 hisobida mag‘lub etdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Para taekvondo bo‘yicha ayollar o‘rtasida +65 kg vazn toifasida final jangi o‘tkazildi. Afsuski, hamyurtimiz Guljanoy Naimova jarohat olib jangni davom ettira olmadi va britaniyalik Emi Trusdeylga 8:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Yorqinbek Odilov delegatsiyamiz hisobiga beshinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi

Hozirgina para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F57 klassida nayza uloqtirish bahslari yakunladi. Biz uchun ahamiyatlisi, unda ishtirok etgan hamyurtimiz Yorqinbek Odilov 50.32 metr natija qayd etib, delegatsiyamizga beshinchi oltin medalni taqdim etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring