Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

39 yil komada yotgan futbolchining joni uzildi

39 yil komada yotgan futbolchining joni uzildi

Foto: «Twitter.com/UNFP»

Fransiyada 1982-yildan buyon komada bo‘lgan futbolchi Jan-Per Adams olamdan o‘tdi. Bu haqda 6-sentyabr kuni Fransiya professional futbolchilar milliy ittifoqi (UNFP) matbuot xizmati xabar berdi.

«Biz so‘nggi 39 yil davomida uning uchun qayg‘urgan oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, futbolchi 73 yoshida hayotdan ko‘z yumgan. 1982-yil mart oyida u operatsiya vaqtida tibbiy xatolik tufayli komaga tushib qolgan.

O‘sha kuni anesteziolog bir vaqtning o‘zida bir nechta operatsiyani nazorat qilgan va sportchiga yuborilishi kerak bo‘lgan dozani chalkashtirib yuborgan. Adamsni futbolchining ahvoli yomonlashganini sezmay qolgan stajyor kuzatib turgan, deb xabar beradi «Sport-Ekspress».

Jan-Per Adams — fransuz futbolchisi. 1948-yil 10-martda Dakar shahrida dunyoga kelgan. U «Nim», «Nitssa» va «PSJ» jamoalarida to‘p surgan. Fransiya terma jamoasi safida 20 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring