Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyadagi atom elektr stansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi. Ikkita reaktor o‘chirilgan

Fransiyadagi atom elektr stansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi. Ikkita reaktor o‘chirilgan

Fransiyaning markaziy qismidagi atom elektr stansiyasida uchta reaktordan ikkitasi «yadro zonasi tashqarisidagi» yong‘in tufayli to‘xtatildi. Kelib chiqqan yong‘in o‘chirildi.

10 fevralga o‘tar kechasi Fransiya markazidagi «Shinon» atom elektr stansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Fransiyaning yadroviy xavfsizlik agentligi xabar berdi.

Yong‘in «yadro zonasidan tashqarida» joylashgan 3-reaktordagi transformatorda boshlangan va 3 hamda 4-reaktorlar ishi xavfsizlik protokollariga muvofiq to‘xtatilgan, dedi stansiya operatori.

«Shinon» 1980 yillarda foydalanishga topshirilgan. Ushbu atom elektr stansiyasi Fransiyadagi barcha atom energiyasi ishlab chiqarishning 5,4 foizini tashkil qiladi va unda 2,4 mingdan ortiq xodim ishlaydi. Stansiya har birining quvvati 900 MVt bo‘lgan to‘rtta bosimli suv reaktoridan iborat bo‘lib, 1973-1990 yillarda yana uchta grafitli gaz reaktorlari yopilgan. Ular 2060 yilgacha buzib tashlanadi.

30 nafarga yaqin o‘t o‘chirish brigadalari yong‘inni o‘chirishdi, o‘chirish jarayonida yoqilg‘ining to‘kilishi tufayli kichik «ikkilamchi manba» paydo bo‘lgan. Jandarmeriya hodisaning dastlabki sababi sifatida elektr muammolarini ko‘rsatdi. AES operatorining ta’kidlashicha, yong‘in yaqin atrofdagi turar-joy binolariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan va o‘chirish uchun foydalanilgan suv tuproqqa tushmasligi uchun maxsus tizim orqali yig‘ilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring