Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev «Lukoyl» asoschisini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev «Lukoyl» asoschisini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni «Lukoyl» kompaniyasi asoschisi Vagit Alekperovni qabul qildi.

Uchrashuvda Rossiyaning yetakchi neft-gaz kompaniyasining O‘zbekiston energetika sohasidagi loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini o‘zlashtirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va neft mahsulotlarini chakana sotish tizimini rivojlantirish shular jumlasidan.

Kompaniyaning mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish rejalari yuzasidan fikr almashildi. Mutaxassislarni tayyorlash va ishga joylashtirish, ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring