Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaqin qarindoshlar o‘rtasida transport vositasini boshqarish uchun ishonchnoma bekor qilinishi mumkin

Yaqin qarindoshlar o‘rtasida transport vositasini boshqarish uchun ishonchnoma bekor qilinishi mumkin

Foto: «Stv.uz»

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni loyihasi joylashtirildi.

Loyihaning eng muhim nuqtalaridan biri, bu — 2019 yil 1 oktyabrdan yaqin qarindoshlar o‘rtasida transport vositasidan foydalanishda notarial tasdiqlanishi shart bo‘lgan ishonchnomaning bekor qilinishidir.

Unga ko‘ra, yaqin kelajakda yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) o‘rtasida transport vositasidan foydalanida notarial tartibda ishonchnoma shart bo‘lmaydi. Transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisiga ularning (qarindoshlarning) ismi, sharifi va otasining ismi qayd etib qo‘yilishi kifoya.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring