Elektron ishonchnomani onlayn bekor qilish xizmati ishga tushdi
My.gov.uz portalida «Avtotransport boshqaruvi uchun jismoniy shaxslarga taqdim qilingan elektron ishonchnomani bekor qilish» xizmati ishga tushirildi.
Qayd etilishicha, endi mulkdorlar avtotransport boshqaruvi uchun rasmiylashtirgan elektron ishonchnomani masofadan turib bekor qila olishadi.
Xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz portalidan olingan ishonchnomaning seriyasi va raqamini kiritish lozim. Xizmat uchun haq olinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning sentyabridan my.gov.uz orqali avtotransportni boshqarish uchun elektron ishonchnoma rasmiylashtirish xizmati ishga tushirilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter