Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya imperatori Aziz Abduhakimovni oliy darajadagi orden bilan mukofotladi

Yaponiya imperatori Aziz Abduhakimovni oliy darajadagi orden bilan mukofotladi

Tokiodagi Imperator saroyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovga «Chiqayotgan Quyosh Katta Kordon Ordeni»ni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. An’anaga ko‘ra ordenni Yaponiya imperatori topshirdi va ushbu marosimda bosh vazir Fumio Kishido ham ishtirok etdi.

Aziz Abduhakimovning «Chiqayotgan Quyosh Katta Kordon Ordeni» bilan taqdirlanishi Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ko‘p yillik hissasining e’tirofi bo‘ldi.
 
Ushbu orden 1875 yildan beri berib kelinayotgan bo‘lib, Yaponiyadagi eng qadimgi va «Chiqayotgan Quyosh Ordeni»ning eng yuqori darajasi (6-daraja) hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring