Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazm MIBda yangi boshliq ish boshladi

Xorazm MIBda yangi boshliq ish boshladi

Jumanazar Jumaniyozov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

J.Jumaniyozov 1981 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. Mehnat faoliyati davomida Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar, Xorazm hamda Toshkent viloyatlari boshqarmalarida inspektor, katta inspektor, bo‘lim boshlig‘i, Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Mazkur tayinlovga qadar, u Byuroning Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

Unga qadar, 2020 yilning 17 noyabr oyidan buyon ushbu lavozimda Muxambetali Babatayev ishlayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring