«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi yil oxirida boshlanadi
Bishkekda «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li bo‘yicha investitsion bitim imzolandi. Bitim Qirg‘iziston transport va kommunikatsiyalar vaziri Absattar Sirgaboyev va «Xitoy - Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘l kompaniyasi» MChJ direktorlar kengashi raisi Chjun Shenguy tomonidan imzolangan.
Hujjatlarni imzolash marosimida Qirg‘iziston tomoni, XXRning Qirg‘izistondagi Muvaqqat ishlar vakili Li Baojje va O‘zbekiston elchisi Saidikram Niyozxo‘jayev boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etgan.
Tadbir ishtirokchilari «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘lining qurilishi loyihada ishtirok etuvchi mamlakatlar transport infratuzilmasini rivojlantirish strategiyasining muhim elementi bo‘lib, mamlakatlarga nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy samara, balki mintaqalararo aloqalarni ham mustahkamlashini ta’kidladilar.
«Kabar» agentligi xabarga ko‘ra, «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi joriy yil 27-dekabr kuni boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter