Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xatirchining xatarli yo‘llari yoxud...» — muammo yechimini topdimi?

«Xatirchining xatarli yo‘llari yoxud...» — muammo yechimini topdimi?

Foto: Xatirchi tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi

«Xabar.uz» telegram-botiga Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidan kelgan murojaatni yaqinda e’lon qilgandik.

«Xabar.uz» telegram-botiga kelgan videodan skrinshot.

Unda tuman markazida — 7 va 20-maktabning 500 nafarga yaqin bolalari qatnaydigan yo‘lda ancha vaqtdan beri yo‘l-ta’mirlash ishlari olib borilayotgani aytilgan va mutasaddilardan maktab o‘quvchilariga xavfsiz yo‘lak qilib berish so‘ralgan edi.

Murojaatga ilova qilingan qisqa video haqiqatan ham muammo ancha jiddiyligini tasdiqlaydi: har tomondan mashinalar katta tezlikda kelmoqda, bolalar jonini xatarga qo‘yib yo‘lni kesib o‘tmoqda...


Xatirchi tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ushbu xabarga rasmiy munosabat bildirdi:

«Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Xatirchining xatarli yo‘llari yoxud bolajonlar uchun xavfsiz yo‘lak, svetofor o‘rnatish muammomi?” sarlavhasi ostida tuman markazidan o‘tuvchi 4R 56 avtomobil yo‘lidagi muammolarni ifoda etgan murojaat e’lon qilindi.

Murojaatda ko‘rsatilgan mazkur avtomobil yo‘lining Navbahor mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida piyodalar yo‘lagi mavjud bo‘lib, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida sun’iy notekislik ham yotqizilganligini ma’lum qilamiz».

Xatirchi tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring