Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uxanda qolib ketgan Qozog‘iston fuqarosi Toshkentga olib kelindi

Uxanda qolib ketgan Qozog‘iston fuqarosi Toshkentga olib kelindi

Rossiya va O‘zbekiston samolyotlari orqali Uxandan evakuatsiya qilingan sakkiz qozog‘istonlik fuqaro ikki hafta davomida Toshkent va Tyumendagi karantinda bo‘lishadi.

«Besh nafar fuqarolarimiz Toshkentda ikki haftalik shifokorlar nazorati ostida bo‘lishadi, qolgan uch kishi Tyumenda shifokorlari kuzatuvida bo‘lishadi. Uchish oldidan Qozog‘iston fuqarolari qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi va isitma yoki koronavirus alomatlari bo‘lgan odam yo‘q», — deyiladi TIV bayonotida.

Vazirlik bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ularning besh nafari ikki hafta davomida Toshkentda, qolgan uchtasi Tyumendagi shifokorlar tomonidan nazorat qilinadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, evakuatsiya qilinganlar orasida Yanzi universitetining birinchi kurs talabasi ham bor, ilgari harorat tufayli Xitoyning epidemiologiya xizmati tomonidan ozod qilinmagan.

Manba: azon.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring