Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Unutilmas yillar, mashaqqatli, ammo sharafli yo‘l... (foto)

Unutilmas yillar, mashaqqatli, ammo sharafli yo‘l... (foto)

Foto: Xabar.uz

Joriy yilda «UNICON.UZ» – «Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi» DUKning tashkil etilganiga 30 yil to‘ldi. Bu muddat tarix silsilasida unchalik katta muddat emas, ammo korxona jamoasi uchun unutilmas yillarga aylandi. Mamlakatimiz axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish tizimida olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlari «UNICON.UZ» DUK zimmasiga yuklatilgan.

Ta’kidlash joizki, UNICON.UZ faoliyatining asosiy yo‘nalishlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, normalar, texnik talablar ishlab chiqish, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, konsepsiyalar, turli quyi sohalarni, faoliyat doirasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, yangi texnologiyalarni joriy etish hisoblanadi. Bundan tashqari, korxona faoliyati doirasiga dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, axborotni kriptografik muhofaza qilish masalalari, ilmiy-texnik jurnallar nashr etish, konsalting xizmatlari ham kiradi.

Shuningdek, «UNICON.UZ» DUK telekommunikatsiyalar texnik vositalarini sertifikatlash, telekommunikatsiyalar ob’yektlarini rivojlantirish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizasi, axborot xavfsizligi, elektromagnit moslashuv, narxni shakllantirish muammolari kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ham faoliyatni amalga oshiradi, telekommunikatsiyalar, aloqa va axborot texnologiyalari sohasida atamalar va atamashunoslik lug‘atlari ishlab chiqadi.

Hozirgi vaqtda «UNICON.UZ» DUKda 184 nafar xodim mehnat qiladi. Ular tarkibi yuqori malakali xodimlar, shu jumladan, bir akademik, bir fan doktori, o‘n nafar fan nomzodi bilan to‘ldirilgan. Shuningdek, xodimlarning 28 nafari fan doktori ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritadi. Yuzdan ortiq xodim oliy ma’lumotga ega.

Korxonaning 30 yillik yubiley tantanalariga mehnat faxriylari taklif qilindi. Tadbirda AKT vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos so‘zga chiqib,  «UNICON.UZ» DUK jamoasini qutlug‘ sana bilan tabrikladi hamda korxonaning bir guruh xodimlariga vazirlikning idoraviy mukofotlarini topshirdi. O‘z navbatida, korxonada uzoq yillar ishlagan TATU professori, texnika fanlari nomzodi Rixsi Isayev va  «UNICON.UZ» DUK  direktori Maxsum Mahmudov jamoa bosib o‘tgan sharafli yo‘l haqida so‘z yuritishib, ezgu tilaklar bildirishdi.

Tadbirda korxona faoliyatiga bag‘ishlangan kitobning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring