Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘onni haqorat qilishda ayblangan qariyb 11 ming kishi sudlandi

Erdo‘g‘onni haqorat qilishda ayblangan qariyb 11 ming kishi sudlandi

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada «prezidentni haqorat qilgani» uchun fuqarolarga qarshi 38,5 mingdan ortiq da’vo arizasi berilgan.

Bu Erdo‘g‘onning oldingi prezidentlik muddati - 2014-yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. (joriy yil uchun hech qanday ma’lumot yo‘q). Shikoyat arizalarining umumiy soni 38,581 tani tashkil etadi, bu yiliga o‘rtacha 6,5 ming ariza. Bu Erdo‘g‘onga qarshi da’vo arizalaridan o‘n ming marta ko‘p.

So‘nggi 3 yil ichida 30 mingdan ortiq tegishli murojaatlar ko‘rib chiqilgan va 10,7 ming kishiga hukm o‘qilgan, ya’ni da’volarning har uchdan bir qismi.

Turkiya muxolifatiga ko‘ra, Erdo‘g‘on va uning tarafdorlari «prezidentni haqorat qilish» bo‘yicha moddadan faol foydalanib, o‘ziga qarshilarga nisbatan ishlatmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring