Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch xotiniga aliment to‘lamagan erkak qamaldi

Uch xotiniga aliment to‘lamagan erkak qamaldi

Foto: MIB

Toshkent shahar Yashnobod tumanida uch nafar xotiniga farzandlari ta’minoti uchun aliment to‘lamay yurgan erkak ushlandi. Bu haqda MIB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limida 3 nafar ayollar foydasiga voyaga yetmagan 3 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan K.S.ga nisbatan ijro ishi borligi aniqlangan.

Majburiyatini bajarmasdan, aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlagan otaga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining qaroriga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring