Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qarzdorning ulkan mashinasi auksionga qo‘yilishi mumkin

Qarzdorning ulkan mashinasi auksionga qo‘yilishi mumkin

Majburiy ijro byurosi Yangiobod tuman bo‘limi ish yurituvida qarzdor «Agro-miks» MChJ hisobidan davlat foydasiga 192 mln so‘m soliq qarzdorligi, 6 mln so‘m davlat boji, shuningdek, elektr energiyasidan bo‘lgan 18 mln so‘m qarzdorligi undirish yuzasidan ijro hujjatlari kelib tushgan.

«Agro-miks» MChJ hisobidan mavjud qarzdorliklari undirish yuzasidan jamiyat rahbariga bir necha marotaba ogohlantirishlar berilgan bo‘lsa-da, zimmasidagi majburiyatlarni bajarmagan. Qolaversa, jamiyat balansida bo‘lgan texnika va avtotransport vositalarini qasddan yashirib kelgan.

Natijada, qarzdor jamiyatga tegishli avtotransport vositalari qidiruvga berilgan.

Qidiruv harakatlari davomida MAN CAMYON 32 270 FVN 8X2 rusumli avtotransport vositasi va unga o‘rnatilgan burg‘ilash qurilmasi topilib, vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yilgan. Jamiyat oldidagi qarzdorliklar to‘liq to‘lanmagan taqdirda, ushbu avtotransport vositalari elektron onlayn auksion savdolarida sotilib, tushgan puldan qarzdorliklar qoplanadi.

Keyingi ijro harakatlari davomida ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablar o‘z vaqtida bajarilmaganligi sababli, jamiyat rahbariga ma’muriy jazo chorasi qo‘llash to‘g‘risida qaror ham qabul qilingan.

Ushbu jamiyat rahbari tomonidan qarzdorliklar o‘z vaqtida to‘lanib borilganda, ushbu texnika o‘z ishidan qolmagan hamda bu kabi kabi ortiqcha xarajatlar va harakatlar amalga oshirilmas edi, deyiladi MIB axborot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring