Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident ayrim vazir va hokimlarni tanqid qildi

Prezident ayrim vazir va hokimlarni tanqid qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident raisligida mahalliy sanoat tarmog‘idagi ichki imkoniyatlarni safarbar etish orqali aholini ishli va daromadli qilish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Hozirda amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari bilan birga tez fursatda mahallada yuzlab ish o‘rni va eksportbop mahsulot yaratadigan, yuqori daromad keltiradigan kichik va o‘rta korxonalar kerakligi ta’kidlandi.

Bu borada eng katta zaxira mahalliy sanoat tarmoqlari hisoblanadi. Shu munosabat bilan uchta muhim soha – charm, gilam va pillachilik sanoatida hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar bor.

Yig‘ilishda ayrim vazir va hokimlar bu soha tadbirkorlarini eshitmayotgani, tayyor imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalana olmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

O‘tgan yili charmsanoatda ishlab chiqarish hajmi o‘sib, qariyb 3 trillion so‘mga yetdi. Lekin, shuni yarmi Andijon va Farg‘onaga to‘g‘ri keladi.

Respublikadagi jami terining 40 foizini beradigan Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Jizzax, Surxondaryo va Xorazmning charmsanoatdagi ulushi ularning imkoniyatiga mos emas.

Mahsulotiga bozor topish, aylanma mablag‘ masalalari sababli ayrim korxonalar o‘tgan yilni zarar bilan yakunlagan. O‘tgan yili charmsanoat eksportida tayyor mahsulot ulushi atigi 30 foiz bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring