Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ucell ijodiy tanlov g‘oliblarini taqdirladi

Ucell ijodiy tanlov g‘oliblarini taqdirladi

«COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) uyali aloqa operatori vakillari «Ilm-fan, ta’lim va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» ijodiy tematik tanlovi g‘oliblarini taqdirladi.

Ishtirokchilar o‘z maqolalarida 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan «Ilm-fan, ta’lim va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da axborot texnologiyalari, jumladan, mobil aloqa sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar va rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilishga alohida e’tibor qaratishdi.

Tanlovda 2020-yil 1-sentyabrdan 30 noyabrgacha nashr etilgan ijodiy ishlar qabul qilindi. O‘zbek, qoraqalpoq va rus tillaridagi materiallarni televideniye, radio, gazeta, veb-saytlar, shuningdek bloglar va Telegram kanallari vakili bo‘lgan 43 jurnalist taqdim etdi. Eng yosh ishtirokchi 18 yoshda, eng kattasi 83 yoshda.

Mustaqil ekspertlardan tashkil topgan hakamlar hay’ati, mavzuni ochib berishda o‘ziga xos yondashuvi bilan ajralib turadigan materiallarga ustunlik berdi.

Birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar uchun noutbuklar, smartfonlar, tashqi qattiq disklar, boshqa ishtirokchilar rag‘batlantiruvchi sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlandi.

E’tiborlisi, ushbu tanlovda «Xabar.uz» muxbirlari birinchi va uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring