Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Falastinni qo‘llagan namoyishchi xorijliklarni deport qilmoqchi

Tramp Falastinni qo‘llagan namoyishchi xorijliklarni deport qilmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp antisemitizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ushbu hujjat AQSh fuqarosi bo‘lmagan shaxslarni antisemit yoki Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlarda qatnashgani uchun mamlakatdan deportatsiya qilishga qonuniy asos yaratadi.

Oq uy veb-saytida e’lon qilingan hujjat matnida aytilishicha, 2023-yil 7-oktyabrda HAMAS harakatining Isroilga hujumi universitet kampuslarida «misli ko‘rilmagan antisemitizm, kamsitish, vandalizm va zo‘ravonlik to‘lqinini» keltirib chiqargan. Yahudiy talabalari qo‘rqitish, jismoniy tahdid va ta’qiblarga duchor bo‘lishgan.

Mazkur farmon federal vazirlik va idoralar rahbarlariga 60 kun ichida antisemitizmga qarshi kurashda foydalanishi mumkin bo‘lgan yangi vositalarni ishlab chiqishni buyuradi. Universitetlar, shuningdek, xorijlik talabalar va xodimlarning antisemitizm yoki terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi xatti-harakatlari haqida xabar berishga da’vat etiladi.

Reuters xabariga ko‘ra, hujjatga ilova qilingan byulletenda Tramp Falastin tarafdorlari norozilik namoyishlarini qo‘llab-quvvatlagan talabalarni deportatsiya qilish bilan tahdid qilgan.

U, shuningdek, mamlakatda yashovchi hamda Isroil-Falastin mojarosida Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi xorijlik talabalarni «qidirib topib, deportatsiya qilishi»ni aytadi.

«Bundan tashqari, radikalizm bilan to‘lib-toshgan universitet kampuslaridagi barcha HAMAS tarafdorlarining talaba vizalarini tezda bekor qilaman», – deyilgan byulletenda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring