Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX Toshkent va Jizzax viloyatlarida hokim yordamchilarini qo‘lga oldi

DXX Toshkent va Jizzax viloyatlarida hokim yordamchilarini qo‘lga oldi

Foto: Xabar. uz

Toshkent viloyatida hokim yordamchisi 13 ming dollar, Jizzaxda esa 1200 dollar bilan qo‘lga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda O‘rtachirchiq tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi K.M. mansabdor tanishlari orqali “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida fuqaroga 1,8 gektar yer maydonini 10 yil muddatga ijaraga olib berish evaziga 15 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 13 ming AQSh dollari olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Jizzax viloyatida kuzatilgan holatda esa G‘allaorol tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi I.K. vakolatli tanishlari ko‘magida fuqaroni tuman tibbiyot birlashmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1200 AQSh dollari olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda hokim yordamchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring