Navoiy va Toshkent viloyatida hokim yordamchilari qo‘lga olindi
Toshkent viloyati va Navoiyda hokim yordamchilari ushlandi.
Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi «Mahalla yettiligi» tavsiyasi asosida kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan fuqaroga uy-joy sharoitini yaxshilash uchun mansabdor tanishlari orqali 120 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishida ko‘maklashish evaziga 5 mln 200 ming so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ta’kidlash lozimki, hokim yordamchisi muqaddam sudlangan bo‘lsada, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.
Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining muqaddam sudlangan hokim yordamchisi sovun mahsuloti ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MChJ rahbari bilan kelishgan holda, mazkur MChJ va tumanda faoliyat yurituvchi xususiy o‘quv markazi nomiga 200 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘i ajratilishiga erishib, lekin ushbu pul mablag‘larini o‘ziga tegishli xususiy korxona hisob raqamiga o‘tkazish orqali talon-toroj qilishgan.
Shuningdek, uch yuz mln so‘mdan optiq mablag‘ni talon-taroj qilga MIB xodimi qo‘lga olindi
Majburiy ijro byurosining Buxoro viloyati Kogon tuman bo‘limi mutaxassisi bo‘limning hisob raqamlariga kelib tushgan pul mablag‘larini o‘z muddatida, tegishliligiga ko‘ra to‘g‘ri yo‘naltirilishini ta’minlashga mas’ul bo‘lsada, lekin hisob raqamlardagi 321 mln 79 ming so‘m pul mablag‘ini o‘ziga tanish bo‘lgan 4 nafar fuqaroning plastik kartalariga o‘tkazish orqali naqdlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter