Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentga archa va «gazon» kerak emas — Prezident nima ekish lozimligini aytib o‘tdi

Toshkentga archa va «gazon» kerak emas — Prezident nima ekish lozimligini aytib o‘tdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev atrof-muhitni muhofaza etishga qaratilgan videoselektor davomida Toshkent shahrida ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha masalalarga alohida e’tibor qaratdi.

Shaharning hamma joyida ko‘p suv talab qiladigan archa va «gazon» ko‘payib ketdi. Nahotki, o‘zimizning sharoitga mos ko‘chat navlari bilan ta’minlash haqida hech kim bosh qotirmaydi?

Misol uchun, gazon o‘rniga yil 12 oy ko‘m-ko‘k turadigan manzarali butalar, kashtan, qayin, zarang (klyon), lola daraxti ekish mumkin-ku? — dedi Prezident.

Davlat rahbari yig‘ilish davomida Ortiqxo‘jayev, Bakirov va I.Abdurahmonovga ikki hafta muddatda ilmiy asoslangan holda, poytaxtning qaysi ko‘chasida qanday daraxt va ekinlarni joylashtirish bo‘yicha taqdimot qilish topshirig‘ini berdi.

Bundan tashqari, yil yakuniga qadar Bo‘zsuv suv inshootining bo‘sh turgan 40 gektar maydonida «yashil hudud» tashkil etilishi belgilab berildi. Shu bilan birga ikki oy muddatda poytaxtga yangi qo‘shilayotgan hududlarning 1,5 ming gektarida daraxtzor tashkil etish ishlari boshlanadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring