Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi anjumanlar saroyida «Vatan manzumasi» nomli adabiy ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi

Toshkentdagi anjumanlar saroyida «Vatan manzumasi» nomli adabiy ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi

26-yanvar, payshanba kuni «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida «Vatan manzumasi» nomli adabiy ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi. Harbiylar,  yoshlar  ishtirok etgan tadbirda  Vatanni madh etuvchi she’rlar va qo‘shiqlar ijro etildi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Qahramonlari, xalq shoirlari Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, taniqli shoirlar Shavkat Rahmon, Enaxon Siddiqova, Sirojiddin Sayyid, Zebo Mirzayevalarning she’rlari yangradi.

Harbiylar ijrosidagi qo‘shiqlar barchani to‘lqinlantirdi, Sevara Nazarxon ijrosidagi «Ulug‘imsan Vatanim» esa kechaga yakun yasadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring