Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda jamoat transporti narxi naqd to‘lovda 3 ming so‘mgacha oshishi mumkin

Toshkentda jamoat transporti narxi naqd to‘lovda 3 ming so‘mgacha oshishi mumkin

Foto: Xabar.uz

Toshkentda jamoat transporti narxi naqd to‘lovda 3 ming so‘mgacha oshishi mumkin. Ayni paytda naqd pulda to‘lov 2 ming so‘m, karta orqali to‘lovda 1700 so‘mni tashkil etadi. 

Naqd pulda to‘lov miqdorini ko‘tarish masalasini Transport vaziri Ilhom Mahkamov Gazeta.uz bilan suhbatda ma’lum qilgan.

«Hozir to‘lov puli karta bilan 1700 so‘m va naqdda 2000 so‘m bo‘lsa, 1700 so‘mga tegmasdan, naqd puldagisini 3000 so‘mgacha ko‘tarmoqchimiz. Endi bilmadim bu narsaga omma qanday yondashadi. Shunda haydovchilar pulga aralashmasa…», — dedi u.

Vazir, shuningdek, haydovchilarning ish vaqtida uyali telefondan foydalanishini taqiqlash reglamentga alohida kiritilayotganini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq jamoat transportida yo‘lkira haqini to‘lashda elektron to‘lov tizimidan foydalanishni rag‘batlantiruvchi tariflar joriy etilishi ma’lum qilingandi. 

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda so‘nggi bor jamoat transporti narxi 2023-yil 1-noyabrdan oshgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring