Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman! Haj mavsumi 23 maydan boshlanadi

Rasman! Haj mavsumi 23 maydan boshlanadi

O‘zbekistonda haj mavsumi 2024 yil 23 maydan boshlanadi. Respublikamizdan Saudiya Arabistoni Podshohligiga shu yil 7 iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

Mamlakatimizning 10 ta hududiy aeroportidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Farg‘ona-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Termiz-Madina, Urganch-Madina, Nukus-Madina va Navoiy-Madina aviareyslari orqali ziyoratchilar haj safariga kuzatiladi. Barcha parvozlar «Uzbekistan Airways» AJ aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

«Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Respublika jamoatchilik kengashi joriy mavsumga tayyorgarlik ishlarini turli yo‘nalishlarda jadal davom ettirmoqda. Jumladan, ziyoratchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, emlash, guruh rahbarlarini biriktirish, safar oldi mashg‘ulotlar o‘tkazish, shifokorlar va oshpazlar guruhini jalb etish hamda safar hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring