Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Afrosiyob» chiptalari narxi yana oshirildi

«Afrosiyob» chiptalari narxi yana oshirildi

Foto: Xabar.uz

«Afrosiyob» elektropoyezdida chipta narxlari yana ko‘tarildi.

Aytilishicha, temir yo‘l infratuzilmasini isloh qilish, elektr-energiya, yoqilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish, maqsadida 2024-yil 15-maydan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlarining chiptalar narxlari ekonom klass -20 foiz, biznes klass -30 foiz va VIP klass -40 foiz vagonlari uchun oshmoqda.

Toshkent — Buxoro

VIP 890 000 so‘m
Biznes 600 000 so‘m
Ekonom 403 000 so‘m

Toshkent — Qarshi

VIP 747 000 so‘m
Biznes 507 000 so‘m
Ekonom 338 000 so‘m

Toshkent — Samarqand

VIP 554 000 so‘m
Biznes 358 000 so‘m
Ekonom 244 000 so‘m etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-329-sonli Qaroriga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi «Afrosiyob» elektropoyezdlarida yo‘lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechish, shuningdek, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o‘tish amalga oshirildi, deyiladi rasmiy izohda.

Ta’kidlash kerakki, avval narxlar 2023-yil oktyabrida, so‘ngra 2024-yil yanvarida ko‘tarilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring