Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent dunyoda taksi narxi arzon bo‘lgan shaharlardan deya topildi

Toshkent dunyoda taksi narxi arzon bo‘lgan shaharlardan deya topildi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston poytaxti Toshkent dunyoda taksi narxi eng arzon bo‘lgan shaharlardan biri deya topildi. O‘zbekiston markazi reytingda 14-o‘rinni egallagan. Sobiq Ittifoq davlatlari orasida Novosibirsk (Rossiya) va Kiyev (Ukraina), Odessa (Ukraina) va Bishkek (Qirg‘iziston) Toshkentdan oldingi o‘rinlarni egallagan.

Qozog‘istonning Olmaota shahri esa taksi narxlari bo‘yicha MDHdagi eng qimmat shahar deb topildi.

Umuman olganda, iyul oyida Qozog‘istonda taksi xizmatlari narxi 1,5 foizga oshdi. Shu bilan birga, narxlar faqat Olmaota, Chimkent va Jetisu viloyatida oshdi. Boshqa hududlarda o‘zgarishlar yo‘q.

Toshkentda bir kilometrga 0,30 dollar (3800 so‘m) narx to‘g‘ri kelgan. 

Olmaota MDH davlatlari orasida eng yuqori tarifga ega bo‘lgan shahar bo‘ldi – bir kilometr uchun 0,68 AQSh dollari. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Olmaota dunyoda 179 ta o‘rin ichida 63-o‘rinni egallab turibdi. Hindistonning Surat shahri taksi bo‘yicha eng arzon shahar deya topildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring