«Toshkent – Andijon» pullik yo‘lini qurish loyihasi ishlab chiqildi

O‘zbekistonda transport infratuzilmasini rivojlantirish doirasida Jahon banki ko‘magida yangi «Toshkent – Andijon» tezyurar avtomagistralini qurish loyihasi ishlab chiqildi.
Uzunligi 314 km bo‘lgan mazkur pullik yo‘l loyihasi ishga tushirilganda poytaxtni Andijon bilan bog‘lovchi yo‘lni bosib o‘tish vaqti 5 soatdan 3 soatgacha qisqaradi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda YTH darajasining 40 foizgacha kamayishi kutilmoqda.
«Toshkent – Angren – Qamchiq dovoni» uchastkasini amalga oshirish yuzasidan xususiy sherikni aniqlash bo‘yicha joriy yilning 22 yanvar kuni e’lon qilingan tenderga ko‘plab yetakchi xorijiy kompaniyalar qiziqish bildirgan.
Qayd etilishicha, «Toshkent – Andijon» tezyurar avtomagistrali 1A toifasidagi 6 ta harakat polosali uchastka (138 km), 1A toifasidagi 4 ta harakat polosali uchastka (33 km tonnel qismi) hamda uzunligi 6,7 km bo‘lgan jami 10 ta tunneldan iborat bo‘ladi.
Loyihaning amalga oshirilishi qulay harakatlanish sharoitlarini ta’minlashi, yo‘l harakati xavfsizligini oshirishi va hududlararo logistika jarayonlarini sezilarli darajada tezlashtirishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter