Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qqiz yoshli o‘qituvchi (video)

O‘zi tengi va hatto katta bolalarga dars o‘tayotgan bu qizaloqning ismi Sabriya. U qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallarini bir necha soniyada xotirada yechishni o‘quvchilariga o‘rgatmoqda.

Sabriya 2 yil davomida mental arifmetika bo‘yicha Andijon shahridagi o‘quv markazida tahsil oldi. Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan iqtidorli qizaloq 9 yoshida mamlakatimizdagi eng yosh o‘qituvchiga aylandi.

Mental arifmetika — yuqori sifatli dastur bo‘lib, matematik amalni miyada kalkulyatordan ham tezroq hisoblashni o‘rgatadi. Ushbu dastur yordamida bolalar nafaqat o‘qishda muvaffaqiyatga erishadilar, balki maqsadga intiluvchan bo‘ladilar. Xuddi Sabriya kabi.

Qizaloqning aql-idroki har tomonlama rivojlanganini ko‘rgan yaqinlari Sabriya mahalla bolalariga mental arifmetikani o‘qitsa qanday bo‘larkin?, degan tashabbus bilan chiqishdi. Mahalla-ko‘y, Sabriyaning ustozlari bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladilar. Mana, bir yildirki, Sabriya Bahodirova mahalladoshlariga o‘qituvchilik qilib kelyapti.

Hozir Sabriyaning 33 nafar o‘quvchisi bor. Ahamiyatlisi, ular mental arifmetika bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishga ham ulgurdilar. Sabriyaning o‘zi esa yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan jahon olimpiadasida oliy o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Sabriya yangi o‘quv yilida 3-sinfga boradi. Jajji ustoz hozirdanoq o‘quvchilariga har tomonlama o‘rnak bo‘lyapti, orzulari esa bir olam.

Muazzam Sobirjon qizi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring