Texasda yirik terakt. Savdo markazi mijozlari tomon o‘qotar quroldan o‘t ochildi
AQShning Texas shtatidagi savdo markazida otishma ro‘y berdi. Xabar qilinishicha, terrorchi xaridorlar tomon o‘qotar qurodan o‘t ochgan.
Fojea kecha, shanba kuni ro‘y bergan. Avvaliga 18 odam o‘ldirilgani aytilgan edi, ammo oxirgi ma’lumotlarga qaraganda 19 kishi vafot etgan va 40 kishi yaralangan. Yaradorlardan 9 nafarining hayoti qil ustida turibdi.
21 yoshli terrorchi Patrik Kruzius Es-Paso shahridagi savdo markaziga hujum qilishdan avval manifest e’lon qilgani aytilmoqda. Unga ko‘ra Kruzius Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi machitga hujum qilib, 51 musulmonni o‘ldirib, 40 nafarini yaralagan terrorchi Brenton Tarrantdan ilhomlanganini bildirgan.
Shu bilan birgalikda Kruzius o‘z mamlakatini «xorij istilosi»dan shu tariqa saqlab qolmoqchi ekanini yozib qoldirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter