Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Texasdagi mehmonxonada portlash sodir bo‘ldi (video)

Texasdagi mehmonxonada portlash sodir bo‘ldi (video)

AQShning Texas shtatidagi Fort-Uert shahrida joylashgan Sandman mehmonxonasida gaz portlashi oqibatida 21 kishi jabrlandi, deya xabar bermoqda Associated Press.

Jabrlanganlardan biri og‘ir ahvolda.

Avvalroq, mahalliy CBS telekanali MedStar tez yordam xizmatiga tayanib, 11 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi.

Barcha jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan, to‘rt kishi og‘ir yaralangan. Voqea guvohlaridan birining telekanalga aytishicha, portlashdan oldin tabiiy gaz hidi kelgan, keyin mehmonxonaning butun ikkinchi qavati chang va tutunga to‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, portlash zinapoyalardan birini vayron qilgan, shuning uchun u va boshqa odamlar binodan chiqib ketish uchun pastga sakrashga majbur bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring