Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tehron — Pekin yo‘nalishida uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Tehron — Pekin yo‘nalishida uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Tehron — Pekin yo‘nalishida IRM079 reysini amalga oshirayotgan «Mahan Air» aviakompaniyasining samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bu haqda «Uzbekistan Airports» matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, samolyot 28-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:20 da Toshkent aeroportiga kelib qo‘ngan. Qo‘nishga yurak xurujiga uchragan yo‘lovchi sabab bo‘lgan. Yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli ekipaj muqobil aerodromga o‘tishga qaror qilgan.

«Aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring