Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor 1-aprelga qadar uzaytirildi

Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor 1-aprelga qadar uzaytirildi. Bu haqda Energetika vazirligi rasmiy telegram-kanalida xabar berildi.
Ta’kidlanishicha, 1-mart sanasidan e’tiboran mamlakatimizda isitish mavsumida tabiiy gaz uchun joriy qilingan 500 kubometrlik bazaviy me’yor 100 kubometrga tushirilishi belgilangan edi.
Biroq mart oyida havo haroratining past bo‘lishi, hatto ayrim kunlari kechasi va kunduzi harorat 0°C darajadan tushib, odatdagidan ko‘ra sovuqroq kelishi kutilayotgani, qolaversa, aholiga qulaylik yaratish maqsadida, Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kubometr bazaviy me’yor 2025-yilning 1-apreligacha uzaytirildi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter