Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud 8 yoshli qizga nisbatan nobop harakatlar qilgan erkakka hukm o‘qidi

Sud 8 yoshli qizga nisbatan nobop harakatlar qilgan erkakka hukm o‘qidi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joriy yilning avgust oyida 63 yoshli M.I. ning voyaga yetmagan 2015-yilda tug‘ilgan Sh.U.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgani va uning xatti-harakati jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida M. I. (1960-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, pensioner, muqaddam sudlanmagan) ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq M. I. Jinoyat kodeksining 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 50-moddasi (ozodlikdan mahrum qilish) 6-qismi talabidan kelib chiqqan holda 5 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining apellyasiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilingan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring