Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soliq va bojxona imtiyozlaridan eng ko‘p foydalangan tashkilotlar ma’lum qilindi

Soliq va bojxona imtiyozlaridan eng ko‘p foydalangan tashkilotlar ma’lum qilindi

Qator tashkilotlarning 2023-yilda soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanganligi holatlari tahlil qilindi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur ro‘yxat Soliq va Bojxona qo‘mitalari tomonidan ochiq e’lon qilingan ma’lumotlar asosida tuzilgan.

Xususan, bojxona imtiyozlaridan (bojxoni yig‘imi, boji, aksiz va qo‘shilga qiymat solig‘i) 2023 yil davomida 19 093 ta korxona foydalangan bo‘lib, qo‘llanilgan jami imtiyoz summasi 57 379 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Shu jumladan, davlat ahamiyatiga molik loyihalar bo‘yicha qo‘llanilgan bojxona imtiyozlari 10 391,5 mlrd so‘mni, chet el vakolatxonalari va personallari tomonidan foydalanilgan imtiyozlar 161,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Eng ko‘p bojxona imtiyozidan foydalangan tashkilotlar «beshtaligi» esa qo‘yidagicha:

  1. «Uzbekistan Airways» AJ — 1 mlrd 349 mln so‘m;
  2. «Toshshahartransxizmat» AJ — 1 mlrd 112,9 mln so‘m;
  3. «Hamkorbank» ATB — 984 mln so‘m;
  4. «UzGasTrade» AJ — 886,3 mln so‘m;
  5. «ENTER Engineering PTE Ltd» — 860,3 mln so‘m.

Shuningdek, 2023-yil davomida jami 134 504 ta tashkilot  soliq imtiyozlaridan foydalangan va ularga qo‘llanilgan jami imtiyoz summasi 69,7 trln so‘mni, xususan, davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan 690 ta tashkilot tomonidan qo‘llanilgan imtiyozlar 24,7 trln so‘mni tashkil etgan.

Shu jumladan, qo‘shilgan qiymat solig‘idan nol stavka bo‘yicha qo‘llanilgan soliq imtiyozlari 28,6 trln so‘mni tashkil etgan.

100 mlrd so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalangan korxonalar soni esa 72 tani tashkil qilgan.

Eng ko‘p soliq imtiyozlaridan foydalangan korxonalar «beshtaligi» esa:

  1. «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ — 8 trln 296,8 mlrd so‘m;
  2. «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ — 2 trln 777,3 mlrd so‘m;
  3. TIF «O‘zmilliybank» AJ — 2 trln 546,5 mlrd so‘m;
  4. «Uzbekistan Airways» AJ — 1 trln 684,5 mlrd so‘m;
  5. «Kapitalbank» ATB — 1 trln 415,2 mlrd so‘m.

Shuningdek, soliq imtiyozlaridan,  «UzAuto Motors» AJ (824,6 mlrd so‘m), «Uzbekistan GTL» MChJ (124,2 mlrd so‘m), «Artel electronics manufacturing» MChJ (121,9 mlrd so‘m), ADM Jizzakh (111,2 mlrd so‘m), «Samarqand avtomobil zavodi» MChJ QK (110,2 mlrd so‘m), «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ (108,8 mlrd so‘m) hamda «Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» MChJ (103 mlrd so‘m) kabi korxona va tashkilotlar ham foydalangan.

Umumiy qo‘llanilgan imtiyozlar summasi 50 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan, bir vaqtning o‘zida ham soliq, ham bojxona imtiyozlaridan foydalangan tashkilotlar soni 4 447 ta bo‘lib, qo‘llanilgan imtiyoz summasi 105,6 trln so‘mni tashkil etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring