Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonga olib kiriladigan ayrim turdagi texnik vositalar uchun imtiyozlar berilyapti

O‘zbekistonga olib kiriladigan ayrim turdagi texnik vositalar uchun imtiyozlar berilyapti

Senatning 59-yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Soliq hamda Bojxona kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Qonun bilan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimlarining texnik vositalarini respublika hududiga olib kirishda telekommunikatsiyalar operatorlariga soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda.

Soliq kodeksiga kiritilayotgan qo‘shimchaga muvofiq endilikda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan respublika hududiga olib kiriladigan tezkor qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalari soliq solishdan ozod qilinadi va mazkur texnik vositalar soliq solish obekti hisoblanmaydi.

Bundan tashqari, Bojxona kodeksiga yuqorida ko‘rsatilgan texnik vositalarni bojxona bojini to‘lashdan ozod qilish tarzida tarif imtiyozlari berilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.

Shuningdek, harbiy xizmatni nazarda tutuvchi boshqa idoralar harbiy yuklar bojxona rasmiylashtiruvida bojxona yig‘imini to‘lashdan ozod qilinmoqda.

Senatorlar ta’kidlaganidek, Qonun belgilangan soliq va bojxona imtiyozlaridan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimlarining texnik vositalarini respublika hududiga olib kirishda foydalanish tartibini yana-da takomillashtirishga hamda tezkor-qidiruv tadbirlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Muhokamadan so‘ng Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring