Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov lavozimidan ozod etilishi mumkin
Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov lavozimidan ozod etilishi mumkin.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatiga Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratovni egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi taqdimnomani kiritgan.
Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda M.Nurmuratovning ishdan olingani haqida xabarlar tarqalgan va ayni paytda Rais vazifasini vaqtincha boshqarish birinchi o‘rinbosar Nodirbek Saydullayev zimmasiga yuklatilgani aytilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter