Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sobiq Ittifoqning yana bir davlati Rossiyaning kutilmagan hujumidan xavotirda

Sobiq Ittifoqning yana bir davlati Rossiyaning kutilmagan hujumidan xavotirda

Litva tashqi ishlar vaziri Gabrielyus Landsbergis Rossiya NATOga qo‘qqisdan hujum qiladi deb hisoblaydi.

«Eng katta muammo shundaki, biz qancha vaqtimiz qolganini bilmaymiz. Biz ukrainaliklar Rossiyani Germaniya yoki Litva chegarasidan 1000 km narida to‘xtatib qoladi degan umiddamiz. Lekin real voqelik shuki, Rossiya yana 400 ming harbiyni safarbar qila oladi.  U yangi tank va yangi qurollar ishlab chiqarmoqda. Tajovuzkor qo‘shnimiz NATOni sinab ko‘rish niyatida. Bunga tayyor turishimiz kerak», – deydi Litva vaziri ZDF nashriga bergan intervyusida.

Diplomatga ko‘ra, G‘arb «ikkinchi Pyorl Harbor»ni, ya’ni Rossiya hujumini qo‘l qovushtirgancha kutishi to‘g‘ri emas.

«Har bir Yevropa mamlakati janubdan, shimoldan, sharqdan, g‘arbdan Rossiya hamlasiga nishon bo‘lishiga tomoshabin bo‘lib tura olmaymiz. Chunki Rossiya shunday imkoniyatga ega. Xavfsizligimiz o‘zaro bog‘liqdir – agar Litva xavfga ro‘baro‘ kelsa, Yevropaning qolgan qismlarini ham shu (istiqbol) kutadi. Demak, birgalikda himoyalanishimiz kerak», – deydi Gabrielyus Landsbergis.

Litva hukumati vakili G‘arb davlatlarini Ukrainaga ko‘makni izchil davom ettirish, jumladan, Germaniyani Kiyevga olis masofaga uchuvchi Taurus raketalarini berishga chaqirgan.

Keyingi vaqtlarda Rossiyaning NATOga ehtimoliy hujumi haqida ochiq bayonotlar yangramoqda.

Prezident Vladimir Putin harb maydonida Ukrainani mag‘lub etgudek bo‘lsa, NATOga qarshi urush ochadi, deb hisoblaydi xavfsizlik bo‘yicha Myunxen xalqaro konferensiyasi rahbari Kristof Hoysgen.

Bir oy avval Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius ham mamlakat Rossiya bilan harbiy mojaroga tayyorlanishi kerakligini aytgandi.

Avvalroq Amerikadagi Urushni tadqiq qilish instituti (ISW) Boltiqbo‘yi mamlakatlari Kremlning Ukrainadan keyingi nishoni bo‘ladi degan taxminni ilgari surgan.

Faraz va taxminlar amaliy harakatga ham undamoqda. Germaniya NATO va Rossiya o‘rtasidagi urush rejasini ishlab chiqmoqda. Berlin ssenariysiga ko‘ra, qurolli ziddiyat 2025 yilning yozida boshlanishi mumkin.

Moskva Moldovada ommaviy namoyishlar o‘tkazish orqali hukumatni ag‘darishga urinishda ham ayblangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring